SHARTNOMA
(Ishonchli boshqarish to‘g‘risida)
|
Shartnoma tuzilgan vaqt |
№Shartnoma raqami |
Shartnoma tuzilgan joy |
Ushbu shartnoma kelgusida «Boshqaruvning muassisi» deb ataluvchi yuridik shaxs Boshqaruv muassisi bo‘lgan tashkilotning to‘liq nomi va tashkiliy huquqiy shaklining Boshqaruv muassisi bo‘lgan tashkilot rahbarining lavozimi Boshqaruv muassisi bo‘lgan tashkilot rahbarining F.I.O.si hamda «Ishonchli boshqaruvchi» deb ataluvchi yuridik shaxs Ishonchli boshqaruvchi tashkilotning to‘liq nomi va tashkiliy huquqiy shaklining Ishonchli boshqaruvchi tashkilot rahbarining lavozimi Ishonchli boshqaruvchi tashkilot rahbarining F.I.O.silar o‘rtasida quyidagilar to‘g‘risida tuzildi:
1. SHARTNOMA PREDMETI
1.1. Mazkur shartnoma bo‘yicha Boshqaruvning muassisi Ishonchli boshqaruvchiga shartnomaning 1.2-bandida ko‘rsatilgan ko‘chmas mulkini muayyan muddatga ishonchli boshqaruvga topshiradi, Ishonchli boshqaruvchi esa ushbu ko‘chmas mulkni Boshqaruvning muassisi manfaatlarini ko‘zlab boshqarish majburiyatini oladi.
Ishonchli boshqarishga topshirish, bu ko‘chmas mulkka mulk huquqining Ishonchli boshqaruvchiga o‘tishiga olib kelmaydi.
1.2. Boshqaruv muassisi ishonchli boshqaruvga o‘ziga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulkni topshiradi. Ushbu ko‘chmas mulk quyidagilardan iborat Ishonchli boshqaruvga beriladigan ko‘chmas mulklar
1.3. Ishonchli boshqaruvchi ko‘chmas mulkni qabul qilib oladi va shaxsan o‘zi boshqaradi.
2. ISHONCHLI BOSHQARUVCHIGA TO‘LANADIGAN HAQ VA HISOB-KITOB QILISH TARTIBI
2.1. Ushbu shartnoma bo‘yicha Boshqaruv muassisi Ishonchli boshqaruvchiga uning ko‘chmas mulkini ishonchli boshqarganligi uchun har oyda Boshqaruv muassisi Ishonchli boshqaruvchiga uning ko‘chmas mulkini ishonchli boshqarganligi uchun har oyda to‘laydigan haq miqdori (so‘mda) so‘m miqdorida keyingi oyning Boshqaruv muassisi Ishonchli boshqaruvchiga uning ko‘chmas mulkini ishonchli boshqarganligi uchun har oyda haq to‘lashi lozim bo‘lgan sana sanasidan kechiktirmay haq to‘laydi.
2.2. Taraflar o‘rtasida hisob-kitoblar Bajarilgan ishlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish usuli shaklida amalga oshiriladi.
3. TARAFLARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
3.1. Ishonchli boshqaruvchi:
3.1.1. Qonunda va mazkur shartnomada nazarda tutilgan doirada ishonchli boshqarishga topshirilgan ko‘chmas mulkka nisbatan mulkdor huquqlarini amalga oshirish;
3.1.2. Shartnomaga muvofiq ishonchli boshqarar ekan, ushbu ko‘chmas mulkka nisbatan Boshqaruv muassisining manfaatlarini ko‘zlagan holda har qanday yuridik va amaliy harakatlarni qilish;
3.1.3. Ishonchli boshqarishga topshirilgan ko‘chmas mulk yuzasidan bitimlarni o‘z nomidan amalga oshirish;
3.1.4. Shartnomaning 2.1-bandida nazarda tutilgan haqni olish, shuningdek u ishonchli boshqarish chog‘ida qilgan zarur xarajatlarni boshqarishga topshirilgan ko‘chmas mulk hisobidan yoki ushbu ko‘chmas mulkdan foydalanishdan kelgan daromadlar hisobidan qoplatish;
3.1.5. Boshqaruv muassisi tomonidan shartnoma tuzilgunga qadar unga boshqarish uchun topshirilayotgan ko‘chmas mulkka uchinchi shaxslarning huquqlari borligi haqida xabardor qilmaganda shartnomani haqiqiy emas deb hisoblab, real zararni qoplashni va mutanosib haq to‘lashni talab qilish;
3.1.6. Ishonchli boshqarishga topshirilgan ko‘chmas mulkka shartnoma tuzilganidan keyin uchinchi shaxslarning huquqlari paydo bo‘lsa, u esa bu haqda o‘n kunlik muddatda xabardor qilinmagan bo‘lsa, shartnomani bekor qilib, o‘ziga keltirilgan haqiqiy zararning qoplanishini va mutanosib haq to‘lanishini talab qilish;
3.1.7. Ishonchli boshqarishda bo‘lgan ko‘chmas mulkka huquqlarni himoya qilish uchun o‘zining huquqlari har qanday buzilishini bartaraf etishni talab qilish huquqiga ega.
Ishonchli boshqaruvchining shartnomada ko‘rsatilganidan boshqa huquqlari
3.2.Boshqaruv muassisi:
3.2.1. Ishonchli boshqaruvchidan uning faoliyati to‘g‘risida har oyning Ishonchli boshqaruvchi tashkilot rahbarining F.I.O.si sanasidan kechiktirmay hisobotlar taqdim etishini talab qilishga;
3.2.2. Ishonchli boshqaruvga topshirilgan ko‘chmas mulk bo‘yicha o‘zidan tashqari foyda oluvchi to‘g‘risida ko‘rsatma berishga;
3.2.3. Ishonchli boshqarish bekor qilingan taqdirda ko‘chmas mulkni oladigan shaxsni tayinlashga haqli.
Boshqaruv muassisining shartnomada ko‘rsatilganidan boshqa huquqlari
3.3. Ishonchli boshqaruvchining majburiyatlari:
3.3.1. Boshqaruv muassisiga o‘z faoliyati to‘g‘risida har oyning Ishonchli boshqaruvchi Boshqaruv muassisiga o‘z faoliyati to‘g‘risida har oyda hisobot berishi lozim bo‘lgan sana canasidan kechiktirmay hisobotlar taqdim etishi;
3.3.2. Boshqarishga topshirilgan ko‘chmas mulk yuzasidan bitimlarni o‘z nomida amalga oshirayotganda, o‘zining shunday boshqaruvchi sifatida ish olib borayotganini ko‘rsatishi shart.
Ishonchli boshqaruvchining shartnomada ko‘rsatilganidan boshqa majburiyatlari
3.4. Boshqaruv muassisining majburiyatlari:
3.4.1. Shartnomaning 2.1-bandida nazarda tutilgan haqni Ishonchli boshqaruvchiga o‘z vaqtida to‘lab borish, shuningdek Ishonchli boshqaruvchi ishonchli boshqarish chog‘ida qilgan zarur xarajatlarni boshqarishga topshirilgan ko‘chmas mulki hisobidan yoki ushbu ko‘chmas mulkidan foydalanishdan kelgan daromadlar hisobidan qoplashi;
3.4.2. Ishonchli boshqaruvchini shartnoma tuzilgunga qadar unga boshqarish uchun topshirilayotgan ko‘chmas mulkka uchinchi shaxslarning huquqlari borligi haqida xabardor qilib qo‘yishi;
3.4.3. Ishonchli boshqaruvchiga ko‘chmas mulkni uning manfaatlarini ko‘zlagan holda ishonchli boshqarishi uchun har qanday yuridik va amaliy harakatlarni qilishiga ko‘maklashishi shart.
Boshqaruv muassisining shartnomada ko‘rsatilganidan boshqa majburiyatlari
4. SHARTNOMANI O‘ZGARTIRISH VA BEKOR QILISH TARTIBI
4.1. Mazkur shartnoma quyidagi hollarda bekor bo‘ladi:
4.1.1. Taraflardan birining shartnoma muddati tugashi munosabati bilan shartnomani bekor qilish to‘g‘risidagi arizasiga muvofiq;
4.1.2. Foyda oluvchi fuqaroning vafot etishi, foyda oluvchi yuridik shaxsning tugatilishi munosabati bilan;
4.1.3. Ishonchli boshqaruvchi fuqaro vafot etganida, u muomalaga layoqatsiz, muomala layoqati cheklangan yoki bedarak yo‘qolgan deb hisoblanganida, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkor nochor (bankrot) deb topilganida;
4.1.4. Ishonchli boshqaruvchi yuridik shaxs tugatilganida, u nochor (bankrot) deb topilganida;
4.1.5. Foyda oluvchi shartnoma bo‘yicha foydani olishdan bosh tortganida;
4.1.6. Ishonchli boshqaruvchi yoki Boshqaruv muassisi Ishonchli boshqaruvchi uchun ishonchli boshqarishni shaxsan amalga oshirishi mumkin emasligi munosabati bilan boshqaruvni amalga oshirishdan bosh tortganida;
4.1.7. Boshqaruv muassisi Ishonchli boshqaruvchiga shartnomada kelishilgan haqni to‘lagan holda shartnoma 4.1.5-bandida ko‘rsatilganidan boshqa sabablarga ko‘ra shartnomani bajarishdan bosh tortganida;
4.1.8. Ishonchli boshqaruvchi o‘zining majburiyatlarini lozim darajada bajarmagan taqdirda shartnoma sudning qaroriga muvofiq bekor qilinganida;
4.1.9. Qonunda nazarda tutilgan boshqa asoslarga ko‘ra.
4.2. Mazkur shartnoma bekor qilinganida ishonchli boshqarishda bo‘lgan ko‘chmas mulk Boshqaruv muassisiga yoki u tomondan yozma ravishda belgilangan shaxsga topshiriladi.
4.3. Shartnomasi taraflardan birining tashabbusi bilan bekor qilinganida ikkinchi taraf kamida uch oy oldin bundan xabardor qilib qo‘yilishi kerak.
4.4. Shartnomada O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 853-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan shartlar bo‘lmagan taqdirda, shartnoma tuzilmagan hisoblanadi.
4.5. Shartnomaning amal qilish muddati tamom bo‘lganida taraflardan birining shartnomani bekor qilish to‘g‘risidagi arizasi bo‘lmasa, shartnoma unda nazarda tutilgan muddatga va shartlar asosida uzaytirilgan deb hisoblanadi.
4.6. Ushbu shartnomaga har qanday o‘zgartirish va qo‘shimchalar ular yozma ravishda tuzilgan va taraflarning vakolatli shaxslari tomonidan imzolangan taqdirdagina haqiqiy hisoblanadi.
5. TARAFLARNING JAVOBGARLIGI
5.1. Ishonchli boshqaruvchi shartnomada belgilangan majburiyatlarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda, mazkur shartnomaning 2.1-bandida nazarda tutilgan haqni olish huquqidan mahrum bo‘ladi.
5.2. Boshqaruv muassisi mazkur shartnomaning 2.1-bandida belgilangan haqni shartnomaning o‘z vaqtida to‘lamagan taqdirda, har bir kechiktirilgan kun uchun to‘lanmagan summaning Boshqaruv muassisi Ishonchli boshqaruvchiga har oyda to‘lanishi lozim bo‘lgan summani o‘z vaqtida to‘lamagan har bir kun uchun to‘lov summasining necha foizi miqdorida penya to‘laydi foizi miqdorida, lekin asosiy summaning Boshqaruv muassisi tomonidan to‘lanadigan penyaning umumiy summasi asosiy summaning necha foizidan oshmasligi lozim foizidan oshmagan miqdorda penya to‘laydi.
5.3. Ishonchli boshqaruvchi boshqa shaxsga uning nomidan mol - mulkni boshqarish uchun zarur bo‘lgan harakatlarni amalga oshirishni topshirishi mumkin, basharti boshqaruv muassisining yoki foyda oluvchining manfaatlarini ta’minlash uchun vaziyat taqozosi bilan bunga majbur bo‘lsa va bunda boshqaruv muassisining ko‘rsatmalarini oqilona muddatda olish imkoniga ega bo‘lmasa.
Bunday hollarda Ishonchli boshqaruvchi o‘zi tanlagan ishonchli vakilning harakatlari uchun o‘zining harakatlari kabi javobgar bo‘ladi.
5.4. Ishonchli boshqarish paytida foyda oluvchining yoki Boshqaruv muassisining manfaatlari to‘g‘risida yetarli g‘amxo‘rlik qilmagan Ishonchli boshqaruvchi foyda oluvchiga ishonchli boshqarish vaqtida boy berilgan foydani, Boshqaruv muassisiga esa ko‘chmas mulkni yo‘qotish yoki unga shikast yetkazish bilan keltirilgan zararni, shuningdek boy berilgan foydani to‘laydi.
Agar Ishonchli boshqaruvchi ushbu zararlar yengib bo‘lmaydigan kuch tufayli yoki foyda oluvchining yoxud Boshqaruv muassisining harakatlari tufayli kelib chiqqanligini isbot qilib bera olmasa, yetkazilgan zarar uchun javobgar bo‘ladi.
5.5.Ishonchli boshqaruvchi o‘ziga berilgan vakolatlardan chetga chiqqan holda tuzgan bitim bo‘yicha majburiyatlarni Ishonchli boshqaruvchi shaxsan o‘zi bajaradi.
5.6. Ishonchli boshqarish munosabati bilan vujudga kelgan majburiyatlar bo‘yicha qarzlar ushbu ko‘chmas mulk hisobidan to‘lanadi. Ushbu ko‘chmas mulk yetarli bo‘lmagan taqdirda undiruv Ishonchli boshqaruvchining ko‘chmas mulkiga, uning ko‘chmas mulki ham yetarli bo‘lmaganida esa - Boshqaruv muassisining ishonchli boshqarishga topshirilmagan ko‘chmas mulkiga qaratilishi mumkin.
5.7. Taraflar o‘z majburiyatlarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmaganliklari uchun O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi va boshqa qonun hujjatlari hamda mazkur shartnomaga muvofiq javobgar bo‘ladilar.
6. NIZOLARNI HAL QILISH TARTIBI
6.1. Ushbu shartnoma bo‘yicha yoki u bilan bog‘liq holda taraflar o‘rtasida kelib chiqadigan barcha nizolar va kelishmovchiliklar taraflar o‘rtasida muzokaralar olib borish yo‘li bilan hal etiladi.
6.2. Muzokaralar olib borish yo‘li bilan nizolarni hal qilishga erishilmagan taqdirda, mazkur shartnomaning tuzilishi, uning shartlarining o‘zgarishi, buzilishi, ijro etilishi, bekor bo‘lishi, tugatilishi va haqiqiyligi yuzasidan kelib chiquvchi barcha nizolar, kelishmovchiliklar va talablar O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi huzuridagi Hakamlik sudida uning Reglamentiga asosan hakamlik sudyasi tomonidan yakka tartibda ko‘rib chiqiladi. Hakamlik sudining hal qiluv qarori taraflar uchun qat’iy va majburiy hisoblanadi.
7. SHARTNOMANING BOSHQA SHARTLARI
7.1. Mazkur shartnoma yozma shaklda tuzilgan bo‘lib, ko‘chmas mulkka egalik huquqining boshqa shaxsga o‘tishi qaysi tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsa, bu mulkni ishonchli boshqarishga topshirish ham shu tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak. Ishonchli boshqarish shartnomasi shakliga yoki ishonchli boshqarishga topshirishni ro‘yxatga olish talabiga rioya qilmaslik, uning haqiqiy bo‘lmasligini keltirib chiqaradi.
7.2. Ishonchli boshqarishga topshirilgan ko‘chmas mulk Boshqaruv muassisining boshqa ko‘chmas mulkidan, shuningdek Ishonchli boshqaruvchining ko‘chmas mulkidan ajratiladi. Ushbu ko‘chmas mulk Ishonchli boshqaruvchida alohida balansda aks ettiriladi va u bo‘yicha mustaqil hisob yuritiladi. Ishonchli boshqaruv bilan bog‘liq faoliyat bo‘yicha hisob-kitob yuritish uchun alohida bank hisobvarag‘i ochiladi.
7.3. Boshqaruv muassisining qarzlari bo‘yicha undiruvni u Ishonchli boshqarishga topshirgan ko‘chmas mulkka qaratishga yo‘l qo‘yilmaydi, ushbu shaxs nochor (bankrot) bo‘lgan hollar bundan mustasno. Boshqaruv muassisi bankrot bo‘lganida, ushbu ishonchli boshqarish bekor qilinadi va u kimoshdi savdosiga qo‘yilgan ko‘chmas mulkka qo‘shib yuboriladi.
7.4. Ishonchli boshqaruvchi ko‘chmas mulkni boshqarish sohasidagi harakatlarni amalga oshirish natijasida qo‘lga kiritgan huquqlar ana shunday ko‘chmas mulk tarkibiga kiritiladi.Ishonchli boshqaruvchiningana shunday harakatlarni amalga oshirishi natijasida vujudga kelgan majburiyatlar shu ko‘chmas mulk hisobidan bajariladi.
7.5. Ishonchli boshqaruvchidan tashqari har qanday shaxs foyda oluvchi bo‘lishi mumkin.
8. SHARTNOMANING AMAL QILISH MUDDATI
8.1. Shartnoma tomonlar imzolagan kundan kuchga kiradi va Shartnomaning amal qilish muddati tugaydigan sanaga qadar amal qiladi.
8.2. Shartnoma 2 nusxada tuzilib, ikkala nusxasi ham huquqiy jixatdan teng kuchli hisoblanib, bir nusxasi Boshqaruv muassisida, ikkinchisi Ishonchli boshqaruvchida saqlanadi.
TARAFLARNING REKVIZITLARI :
|
|