Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish
ShARTNOMASI
|
Shartnoma tuzilgan vaqt |
Shartnoma raqami |
Shartnoma tuzilgan joy |
|
|
|
|
Ushbu shartnoma kelgusida «Tashuvchi» deb ataluvchi Tashuvchi tashkilotning to‘liq nomi va tashkiliy huquqiy shaklining Tashuvchi tashkilot rahbarining lavozimi Tashuvchi tashkilot rahbarining F.I.O.si bir tomondan hamda «Sug‘urtalovchi» deb ataluvchi Sug‘urtalovchi tashkilotning to‘liq nomi va tashkiliy huquqiy shaklining Sug‘urtalovchi tashkilot rahbarining lavozimi Sug‘urtalovchi tashkilot rahbarining F.I.O.silar ikkinchi tomondan ushbu shartnomani quyidagilar to‘g‘risida tuzdilar:
Shartnomaning predmeti
1. Sug‘urtalovchi ushbu shartnomaga Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish qoidalariga muvofiq sug‘urta hodisasi yuz bergan taqdirda jabrlanuvchiga yoki naf oluvchiga yoxud Tashuvchiga ushbu shartnomaning amal qilishi davrida yo‘lovchilarning hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash majburiyatini oladi.
Sug‘urta puli va sug‘urta mukofoti
2. Ushbu shartnoma bo‘yicha sug‘urta puli mazkur shartnomaning ilovasiga muvofiq Shartnoma bo‘yicha sug‘urta puli so‘mni tashkil qiladi.
3. Bitta yo‘lovchiga belgilangan sug‘urta puli:
uning hayoti yoki sog‘lig‘iga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash uchun - Shartnoma bo‘yicha hayoti yoki sog‘lig‘iga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash uchun belgilangan mablag‘ so‘mni;
uning mol-mulkiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash uchun – Shartnoma bo‘yicha mol-mulkiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash uchun belgilangan mablag‘ so‘mni tashkil qiladi.
4. Ushbu shartnoma bo‘yicha sug‘urta mukofoti mazkur shartnomaga muvofiq Shartnoma bo‘yicha sug‘urta mukofoti miqdori so‘mni tashkil qiladi.
5. Sug‘urta mukofoti ushbu shartnoma tuzilgan sanadan boshlab besh ish kuni mobaynida bir yo‘la to‘lanadi.
Shartnomaning kuchga kirishi va amal qilish muddati
6. Ushbu shartnoma tomonlar imzolagan vaqtdan boshlab kuchga kiradi va bir yil mobaynida amal qiladi.
Sug‘urtalovchining majburiyatlari tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polisida ko‘rsatilgan sug‘urta davrining boshlang‘ich sanasidagi soat 00.00 daqiqadan, lekin sug‘urta mukofoti Sug‘urtalovchining yoki sug‘urta agentining hisob raqamiga tushgan kundan keyingi kundan oldin bo‘lmagan sanadan boshlab kuchga kiradi va tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polisida ko‘rsatilgan sug‘urta davrining oxirgi sanasidagi soat 24.00 da tugaydi.
7. Sug‘urta mukofoti Tashuvchi tomonidan Sug‘urtalovchining hisob raqamiga pul mablag‘larini o‘tkazish yo‘li bilan to‘lanadi. Pul mablag‘larining Sug‘urtalovchining hisob raqamiga tushgan sanasi ushbu shartnoma bo‘yicha sug‘urta mukofoti to‘langan sana hisoblanadi.
Tomonlarning huquq va majburiyatlari
8. Tashuvchi quyidagi huquqlarga ega:
Sug‘urtalovchidan ushbu shartnoma shartlarini tushuntirib berishni talab qilish;
Sug‘urtalovchining sug‘urta tovonini to‘lashni rad etish to‘g‘risidagi qarori yuzasidan shikoyat qilish.
Tashuvchi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
9. Tashuvchi:
Ushbu shartnoma bo‘yicha sug‘urta mukofotini qonunchilik hujjatlarida belgilangan shartlar asosida va tartibda to‘lashi;
Tashuvchining transport vositalarini boshqaruvchi shaxslarni ushbu shartnoma shartlari bilan tanishtirishi, shu jumladan, mazkur shartnoma bo‘yicha taraflarning huquq va majburiyatlarini tushuntirishi;
Tashish kunida amalda bo‘lgan tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polisining o‘zi tasdiqlagan nusxasini o‘zi foydalanayotgan barcha transport vositalariga va (yoki) o‘zining rasmiy veb-saytiga joylashtirishi;
Jabrlanuvchi yoki naf oluvchi yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi talabni o‘z ichiga olgan talabnoma bilan murojaat etgan paytdan e’tiboran besh ish kunidan kechiktirmay Sug‘urtalovchini tashish chog‘idagi hodisa haqida yozma shaklda xabardor qilishi;
Agar sug‘urta tovoni jabrlanuvchi yoki naf oluvchi tomonidan hujjatlarni qalbakilashtirish yoki boshqacha tarzda aldash oqibatida asossiz ravishda ortiqcha to‘langan bo‘lsa, bu haqda Sug‘urtalovchiga ma’lum qilishi va ortiqcha to‘langan mablag‘larni sug‘urtalovchiga qaytarish yuzasidan zarur choralarni ko‘rishi shart.
Tashuvchi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham oladi.
10. Sug‘urtalovchi quyidagi huquqlarga ega:
Jabrlanuvchining yoki naf oluvchining talabnomasini Tashuvchi tomonidan ko‘rib chiqishda ishtirok etish, zarur hollarda esa tegishli ekspertlarni jalb etish;
Sug‘urta hodisalari yuzaga kelishining oldini olish bo‘yicha tavsiyalar berish;
Sug‘urtalovchi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
11. Sug‘urtalovchi:
Ushbu shartnoma shartlari bilan Tashuvchini tanishtirishi, shu jumladan, uning huquq va majburiyatlarini tushuntirishi;
O‘z faoliyatini amalga oshirish natijasida olingan Tashuvchi va jabrlanuvchi yoki naf oluvchi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlashi shart.
Sug‘urtalovchi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham oladi.
Taraflarning javobgarligi
12. Taraflar ushbu shartnoma bo‘yicha o‘z zimmasiga qabul qilingan majburiyatlarning bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarilmaganligi yuzasidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Fors-major holatlari
13. Taraflar fors-major holatlari amal qilgan davrda tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha o‘z majburiyatlarining qisman yoki to‘liq bajarilmaganligi uchun javob bermaydilar.
Fors-major holatlariga quyidagilar kiradi: tabiiy hodisalar (zilzila, ko‘chki, dovul, qurg‘oqchilik va sug‘urta shartnomasida sanab o‘tilmagan boshqa tabiiy hodisalar) yoki ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatlar (harbiy harakatlar, ish tashlashlar, qamallar, davlat tashkilotlarining hamda davlatlar o‘rtasidagi cheklovchi va taqiqlovchi choralar, shuningdek Hukumat qarorlari va boshqalar) oqibatida kelib chiqqan favqulodda, ushbu sharoitlarda bartaraf etib bo‘lmaydigan va oldindan kutilmagan vaziyatlar, agar ushbu vaziyatlar tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasini bajarishga bevosita ta’sir ko‘rsatgan bo‘lsa.
Fors-major holatlari yuzaga kelganda va to‘xtaganda taraflar yozma shaklda bir-birini xabardor qiladilar.
Fors-major holatlari yuzaga kelgan taqdirda majburiyatlarni bajarish muddatini taraflar fors-major holatlari mavjud bo‘ladigan vaqtga mutanosib tarzda kechiktiradilar.
Nizolarni hal etish tartibi
14. Ushbu shartnomadan kelib chiqadigan barcha nizolar va kelishmovchiliklar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Yakunlovchi qoida
15. Shartnoma tomonlar imzolagan kundan kuchga kiradi va Shartnomaning amal qilish muddati tugaydigan sanaga qadar amal qiladi.
16. Shartnoma 2 nusxada tuzilib, ikkala nusxasi ham huquqiy jixatdan teng kuchli hisoblanib, bir nusxasi Boshqaruv muassisida, ikkinchisi Tashuvchida saqlanadi.
|
|