ShARTNOMA
(Asbob-uskunalar va anjomlarni ytkazib berish to‘g‘risida)
|
Shartnoma tuzilgan joy tumani |
Shartnoma raqami-son |
Shartnoma tuzilgan vaqt yil
|
|
Xo‘jalik qanday hujjat asosida faoliyat yuritadi asosida faoliyat ko‘rsatuvchi, Xo‘jalikning to‘liq nomi va tashkiliy-huquqiy shakli Xo‘jalik rahbarining lavozimi Xo‘jalik rahbarining F.I.O orqali bir tomondan (keyingi o‘rinlarda «Xo‘jalik» deb yuritiladi) bir tomondan va Yetkazib beruvchi qanday hujjat asosida faoliyat yuritadi asosida faoliyat ko‘rsatuvchi, Yetkazib beruvchi qanday hujjat asosida faoliyat yuritadi Yetkazib beruvchi rahbarining lavozimi Yetkazib beruvchi rahbarining F.I.O orqali bir tomondan (keyingi o‘rinlarda «Yetkazib beruvchi» deb yuritiladi |
||
I. Shartnoma predmeti
1.1. Mazkur shartnoma bo‘yicha «Yetkazib beruvchi» «Xo‘jalik»ka Yetkazib beriladigan asbob-uskunalar va anjomlarning nomi va soni (keyingi o‘rinlarda - «Asbob-uskunalar va anjomlar» deb yuritiladi) yetkazib berish, «Xo‘jalik» esa ularni qabul qilish va qiymatini to‘lash majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.
«Asbob-uskunalar va anjomlar»ning aniq turlari, ularning soni, sifati va narxi, shuningdek yetkazib berish muddatlari mazkur shartnomaning tarkibiy qismi hisoblangan ilovada keltiriladi.
II. Tomonlarning huquq va majburiyatlari
2.1. «Xo‘jalik»ning huquqlari:
«Yetkazib beruvchi»dan shartnomani bajarish uchun zarur bo‘lgan amaldagi davlat standartlari va boshqa normativ hujjatlar bilan ta’minlashni talab qilish;
«Asbob-uskunalar va anjomlar» «Xo‘jalik»ning hisobidan transportda tashilganda «Yetkazib beruvchi»dan transport xarajatlarini qoplashni talab qilish;
«Yetkazib beruvchi»dan mazkur shartnomaga muvofiq beriladigan buyurtmanomaga muvofiq tegishli sifat va assortimentdagi «Asbob-uskunalar va anjomlar» yetkazib berilishini talab qilish;
zarur sifatga ega bo‘lmagan «Asbob-uskunalar va anjomlar» yetkazib berilmagan taqdirda o‘z tanlashiga ko‘ra:
—zarur sifatga ega bo‘lmagan «Asbob-uskunalar va anjomlar» shunga o‘xshash «Asbob-uskunalar va anjomlar» bilan almashtirilishini;
—kamchiliklar bepul bartaraf etilishini yoki kamchiliklar «Xo‘jalik» yoxud uchinchi shaxslar tomonidan to‘g‘rilanishi xarajatlarini qoplashni;
—bahosining mutanosib tarzda kamaytirilishini talab qilish;
mazkur shartnoma shartlari bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarilmaganligi natijasida yetkazilgan zarar qoplanishini «Yetkazib beruvchi»dan talab qilish.
«Xo‘jalik»ning shartnomada ko‘rsatilmagan boshqa huquqlari
2.2. «Xo‘jalik»ning majburiyatlari:
o‘z buyurtmanomasi bo‘yicha yetkazib berilgan «Asbob-uskunalar va anjomlar»ni mazkur shartnomaga muvofiq qabul qilish;
«Asbob-uskunalar va anjomlar»ga mazkur shartnomaning 3.1-bandida ko‘rsatilgan narx bo‘yicha, qabul qilish-topshirish dalolatnomasi imzolangan paytdan boshlab Yetkazib berilgan asbob-uskunalar va anjomlar uchun haq to‘lash muddati kun mobaynida haq to‘lash.
«Xo‘jalik»ning shartnomada ko‘rsatilmagan boshqa majburiyatlari
2.3. «Yetkazib beruvchi»ning huquqlari:
Yetkazib berilgan «Asbob-uskunalar va anjomlar» uchun oldindan haq to‘lanishini va amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va hajmda uzil-kesil hisob qilinishini xo‘jalikdan talab qilish;
berilgan buyurtmanomaga muvofiq yetkazib berilgan «Asbob-uskunalar va anjomlar»ni qabul qilish asossiz rad etilishi natijasida yetkazilgan zarar qoplanishini «Xo‘jalik»dan talab qilish.
«Yetkazib beruvchi»ning shartnomada ko‘rsatilmagan boshqa huquqlari
2.4. «Yetkazib beruvchi»ning majburiyatlari:
«Xo‘jalik»ka «Asbob-uskunalar va anjomlar»ni mazkur shartnomaga muvofiq yoki «Xo‘jalik» tomonidan mazkur shartnomaning 4.8-bandida nazarda tutilgan tartibda beriladigan uning buyurtmanomasiga muvofiq muddatlar, sifat va miqdorda yetkazib berish;
agar «Asbob-uskunalar va anjomlar»ni yetkazib berish jarayonida «Yetkazib beruvchi» shartnoma shartlari va normativlardan chekinishga yo‘l qo‘ygan bo‘lsa, «Xo‘jalik»ning talabi bilan aniqlangan barcha kamchiliklarni Yetkazib berilgan «Asbob-uskunalar va anjomlar»da aniqlangan kamchiliklarni tekin tuzatib berish muddati kun muddatda tekin tuzatib berish.
«Yetkazib beruvchi»ning shartnomada ko‘rsatilmagan boshqa majburiyatlari
III. Shartnomaning bahosi va hisob-kitob tartibi
|
3.1. Mazkur shartnomaning bahosi Shartnomaning umumiy qiymati so‘mni tashkil etadi. Yetkazib beriladigan «Asbob-uskunalar va anjomlar»ning bahosi mazkur shartnomaga ilovada ko‘rsatilgan. |
3.2. Mahsulotni transportda tashish va tushirish bo‘yicha barcha xarajatlarni «Yetkazib beruvchi» ko‘taradi.
Mahsulot «Xo‘jalik»ning transporti bilan yetkazib berilgan taqdirda «Yetkazib beruvchi» transportda tashish xarajatlarini unga qoplaydi (idishni ham o‘z ichiga olgan holda amaldagi massa bo‘yicha).
3.3. «Xo‘jalik» yetkazib beriladigan «Asbob-uskunalar va anjomlar» summasining Yetkazib beriladigan «Asbob-uskunalar va anjomlar» uchun oldindan to‘lanadigan summa umumiy summaning qancha foizini tashkil etadi foizi miqdorida oldindan haq to‘laydi. Yetkazib berilgan «Asbob-uskunalar va anjomlar» uchun qabul qilish–topshirish dalolatnomasi imzolangandan keyin «Asbob-uskunalar va anjomlar» uchun qabul qilish-topshirish dalolatnomasi imzolangandan keyin necha kunda uzil-kesil hisob-kitob qilinishi lozim kun muddatda uzil-kesil hisob-kitob qilinadi.
|
3.4. Yetkazib berilgan «Asbob-uskunalar va anjomlar» uchun Ushbu shartnoma bo‘yicha to‘lov yo‘li bilan hisob-kitob qilinadi.
|
IV. Shartnomaning bajarilishi
4.1. Shartnoma mazkur shartnoma va qonun hujjatlari shartlari va talablariga muvofiq zarur tarzda bajarilishi kerak.
Agar tomonlar o‘z zimmalariga qabul qilingan barcha majburiyatlar bajarilishini ta’minlasa, shartnoma bajarilgan deb hisoblanadi.
4.2. Shartnoma bajarilishini bir tomonlama rad etishga yoki shartnoma shartlarini bir tomonlama o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi, qonun hujjatlarda belgilangan hollar bundan mustasno.
4.3. «Asbob-uskunalar va anjomlar» qabul qilish-topshirish dalolatnomalari tuzilgan sana shartnomalar bo‘yicha majburiyatlar bajarilgan sana hisoblanadi.
4.4. «Xo‘jalik»ning roziligi bilan «Asbob-uskunalar va anjomlar» muddatidan oldin yetkazib berilishi mumkin. Yetkazib berilgan va «Xo‘jalik» tomonidan qabul qilingan «Asbob-uskunalar va anjomlar» uchun keyingi davrlarda yetkazib berilishi kerak bo‘lgan «Asbob-uskunalar va anjomlar» hisobiga haq to‘lanadi va ular hisobiga o‘tkaziladi.
4.5. «Xo‘jalik» muddatlar buzilgan holda yetkazib berilgan «Asbob-uskunalar va anjomlar»ni qabul qilishni rad etishga haqli.
4.6. Nazarda tutilgan miqdordan ortiqcha bir nomda «Asbob-uskunalar va anjomlar» yetkazib berilishi ushbu assortimentga kiruvchi boshqa nomdagi yetkazib berilmagan «Asbob-uskunalar va anjomlar» o‘rnini to‘ldirish sifatida qaralmaydi va yetkazib berilmagan «Asbob-uskunalar va anjomlar»ning o‘rni to‘ldirilishi kerak, bunday «Asbob-uskunalar va anjomlar» yetkazib berish «Xo‘jalik»ning oldindan berilgan yozma roziligi bo‘yicha amalga oshirilgan hollar bundan mustasno.
4.7. Yetkazib berilgan «Asbob-uskunalar va anjomlar» bevosita «Xo‘jalik»ning mas’ul xodimi tomonidan dalolatnoma bo‘yicha qabul qilinadi. Dalolatnomada yetkazib berilgan «Asbob-uskunalar va anjomlar» miqdori, ularning sifati ko‘rsatiladi.
4.8. Mazkur shartnomada nazarda tutilgan «Asbob-uskunalar va anjomlar» yetkazib berish mazkur shartnomaga muvofiq yoki «Xo‘jalik»ning buyurtmanomasida ko‘rsatilgan muddatlar va hajmda mazkur shartnomada ko‘rsatilgan davr mobaynida amalga oshiriladi.
V. Tomonlarning javobgarligi
5.1. Tomonlar o‘rtasida kelishilgan jadval bo‘yicha kelgan transportning belgilangan muddatlardan ortiqcha turib qolganligi uchun aybdor tomon bekor turib qolganlik bilan bog‘liq sarf-xarajatlarni to‘laydi. Bekor turib qolish vaqti tomonlar o‘rtasida imzolangan dalolatnomaga muvofiq rasmiylashtiriladi.
5.2. Agar yetkazib berilgan «Asbob-uskunalar va anjomlar»ning sifati, assortimenti, navlari, texnik reglamentlar yoki standartlar talablariga, namunalarga (etalonlarga) yoki shartnomada belgilangan boshqa shartlarga javob bermagan taqdirda, aybdor tomon yetkazib berilgan, sifati zarur darajada bo‘lmagan «Asbob-uskunalar va anjomlar» qiymatining Yetkazib berilgan asbob-uskunalar va anjomlarining sifati, assortimenti shartnomada belgilanganidan farq qilganda to‘lanishi lozim bo‘lgan jarima foizi foizi miqdorida jarima to‘laydi.
5.3. «Asbob-uskunalar va anjomlar»ni yetkazib berish kechiktirilgan yoki to‘liq yetkazib berilmagan taqdirda «Yetkazib beruvchi» «Xo‘jalik»ka kechiktirilgan har bir kun uchun majburiyat bajarilmagan qismining Asbob-uskunalar va anjomlarni yetkazib berish kechiktirilgan yoki to‘liq yetkazib berilmaganligi uchun bir kunda to‘lanadigan penya miqdori foizi miqdorida penya to‘laydi, biroq bunda penyaning umumiy summasi yetkazib berilmagan «Asbob-uskunalar va anjomlar» qiymatining Asbob-uskunalar va anjomlarni yetkazib berish kechiktirilgan yoki to‘liq yetkazib berilmaganligi uchun jami to‘lanadigan penya miqdori foizidan ortiq bo‘lmasligi kerak. Penya to‘lanishi shartnoma majburiyatlarini buzgan tomonni shartnomani zarur tarzda bajarishdan va «Asbob-uskunalar va anjomlar» yetkazib berish muddati kechiktirilishi yoki to‘liq yetkazib berilmasligi tufayli yetkazilgan zararlar qoplanishidan ozod etmaydi.
5.4. Yetkazib berilgan «Asbob-uskunalar va anjomlar» uchun o‘z vaqtida haq to‘lanmaganda «Xo‘jalik» «Yetkazib beruvchi»ga muddati kechiktirilgan har bir kun uchun kechiktirilgan to‘lov summasining Asbob-uskunalar va anjomlarr uchun to‘lov o‘z vaqtida amalga oshirilmaganligi uchun to‘lanadigan bir kunlik penya miqdori. (foizda, qo‘lda to‘ldiriladi) foizi miqdorida penya to‘laydi, biroq bu kechiktirilgan to‘lov summasining Asbob-uskunalar va anjomlar haqi o‘z vaqtida to‘lanmaganligi uchun undiriladigan penyaning umumiy miqdori (foizda, qo‘lda to‘ldiriladi) foizidan ortiq bo‘lmasligi kerak.
5.5. «Xo‘jalik» tomonidan tegishli kontraktatsiya shartnomasi bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarilmaganligi uchun «Xo‘jalik»ni javobgarlikka tortishda shuningdek uning xatti-harakatlari (harakatsizligi) «Xo‘jalik» tomonidan kontraktatsiya shartnomasi bo‘yicha shartnoma majburiyatlari bajarilmasligiga (zarur tarzda bajarilmasligiga) olib kelgan «Yetkazib beruvchi»ning javobgarligi ham ko‘rib chiqiladi.
«Yetkazib beruvchi»ning aybi bilan kontraktatsiya shartnomasining «Xo‘jalik» tomonidan bajarilmasligi (zarur tarzda bajarilmasligi) natijasida yetkazilgan zarar belgilangan tartibda «Yetkazib beruvchi» tomonidan qoplanadi.
5.6. Mazkur shartnomada nazarda tutilmagan tomonlarning javobgarligi chora-tadbirlari fuqarolik qonunchiligi normalariga muvofiq qo‘llaniladi.
VI. Nizolarni hal etish tartibi
6.1. Kelishmovchiliklar va nizoli masalalar kelib chiqqan taqdirda, tomonlar, qoidaga ko‘ra, mustaqil ravishda yoxud tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi ishtirokida ularni sudgacha hal etish choralarini ko‘radilar.
6.2. Tomonlar kelishmovchiliklar va nizolarni hal etish uchun bevosita Nizolar qaysi sudga murojaat qilish yo‘li bilan hal qilinadi? sudiga murojaat qilishga haqlidir.
VII. Shartnomaning amal qilishi
7.1. Mazkur shartnoma mazkur shartnomaning 8.4-bandiga muvofiq ro‘yxatdan o‘tkazilgan kundan boshlab amalga kiradi va tomonlar ushbu shartnoma bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajargunga qadar amal qiladi.
7.2. Tomonlar o‘rtasidagi munosabatlar ular tomonidan mazkur shartnomaning barcha shartlari bajarilgan va hisob-kitob to‘liq tugallangan taqdirda to‘xtatiladi.
VIII. Yakuniy qoidalar
8.1. Mazkur shartnoma tomonlarning kelishuviga ko‘ra yoki boshqa tomon shartnoma shartlarini jiddiy ravishda buzgan taqdirda, tomonlardan birining talabi bo‘yicha sud tartibida bekor qilinishi mumkin.
8.2. Mazkur shartnomaga har qanday o‘zgartirish va qo‘shimchalar ular yozma shaklda sodir etilishi va tomonlarning bunga zarur darajada vakil qilingan vakillari tomonidan imzolanishi sharti bilan haqiqiy hisoblanadi.
8.3. Mazkur shartnoma tomonlarning har biri va qishloq xo‘jaligi bo‘limi uchun bir nusxadan uch nusxada tuziladi. Shartnomaning barcha nusxalari teng yuridik kuchga egadir.
8.4. Mazkur shartnoma, unga o‘zgartirishlar (qo‘shimchalar) «Xo‘jalik» joylashgan joy bo‘yicha tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limida ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin bajarilishi kerak.
IX. Tomonlarning manzili va bank rekvizitlari:
|
Xo‘jalik: |
Yetkazib beruvchi: |
|
Xo‘jalikning to‘liq nomi va tashkiliy-huquqiy shakli Xo‘jalikning manzili Xo‘jalikning hisob raqami Xo‘jalikning STIR raqami Xo‘jalikning MFO raqami Xo‘jalikning OKED raqami Xo‘jalik rahbarining lavozimi _________
Muhr |
Yetkazib beruvchining to‘liq nomi va tashkiliy-huquqiy shakli Yetkazib beruvchining manzil Yetkazib beruvchining hisob raqami Yetkazib beruvchining hisob raqami Yetkazib beruvchining STIR raqami Yetkazib beruvchining MFO raqami Yetkazib berilgan «Asbob-uskunalar va anjomlar»da aniqlangan kamchiliklarni tekin tuzatib berish muddati Yetkazib beruvchining OKED raqami Yetkazib beruvchi rahbarining lavozimi_____ (Imzo)
Muhr |