O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Davlat mol mulkini garovga qo‘yish shartnomasi

Hujjat tavsifi
Shartnomaning rekvizitlari
Taraflar
Shartnoma shartlari
Taraflarning rekvizitlari

Yuklab oling

DAVLAT MOL-MULKINI GAROVGA QOʻYISH SHARTNOMASI

Shartnoma tuzilgan vaqt Shartnoma raqami – son Shartnoma tuzilgan joy

 

Garovga oluvchi bankning nomi, tashkiliy-huquqiy shakli (keyingi oʻrinlarda “Garovga oluvchi” deb yuritiladi) nomidanGarovga oluvchiga shartnoma tuzish huquqini beruvchi hujjat asosida ish yurituvchi Garovga oluvchi bankning rahbari lavozimi va F.I.Osibir tomondan va Garovga qoʻyuvchining nomi, tashkiliy-huquqiy shakli (keyingi oʻrinlarda “ 7.Garovga qoʻyuvchi ” deb yuritiladi) nomidan Garovga qoʻyuvchiga shartnoma tuzish huquqini beruvchi hujjat asosida ish yurituvchi Garovga qoʻyuvchining rahbari lavozimi va F.I.Osiikkinchi tomondan, mazkur shartnomani quyidagilar toʻgʻrisida tuzdilar:

 

1. Ushbu shartnoma Garovga oluvchining (bankning) Kredit shartnomasi imzolangan yil va sanadagi Kredit shartnomasining raqami-sonli kredit shartnomasi boʻyicha Garovga qoʻyuvchiga (qarzdorga) Kreditni qaytarish sanasigacha qaytarish sharti bilan Kreditning umumiy miqdori soʻm miqdorda kredit berish toʻgʻrisidagi shartnomaning ajralmas qismi hisoblanadi.

2. Mol-mulk garovi, Garovga oluvchining (bankning) kredit shartnomasi boʻyicha talablarni, ularni qanoatlantirish paytiga kelib hosil boʻlgan hajmda, jumladan, foizlar, majburiyatni bajarishni kechiktirish oqibatida yetkazilgan zararni qoplash, neustoyka va undirish xarajatlarini qoplashni hisobga olgan holda qanoatlantirilishini taʼminlaydi.

3. Garovga qoʻyilgan mol-mulk oldingi garovlardan, xatlanishdan va musodara qilinishdan holidir hamda oʻzga shartnomalar boʻyicha nizo predmeti hisoblanmaydi.

4. Garovga qoʻyilayotgan mol-mulk Mulk egasining yoki vakolat bergan organning nomiga tegishlidir.

5. Davlat mol-mulkini garovga qoʻyishga tegishli davlat mulkini boshqarish organining Davlat mol-mulkini garovga qoʻyishga tegishli davlat mulkini boshqarish organining ruxsatnomasi raqami-sonli ruxsatnomasi berilgan.

6. Garovga qoʻyuvchi Kredit shartnomasi imzolangan yil va sanadagi Kredit shartnomasining raqami-sonli kredit shartnomasi boʻyicha majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash vositasi sifatida Garovga oluvchiga jami Garovga qoʻyilayotgan mol-mulkning summasisoʻm miqdordagi quyidagi mol-mulkni garovga qoʻyadi:

Garovga qoʻyilayotgan mol-mulkning nomi

Garovga qoʻyuvchi quyidagi huquqlarga ega:

Garovga qoʻyishgan mol-mulkka egalik qilish va undan belgilanishi boʻyicha foydalanish;

Undiruvga qaratilgan garov narsasi sotilgunga qadar istalgan vaqtda garov bilan taʼminlangan majburiyatni bajarish va ularga undiruvni qaratishni toʻxtatish;

Garovga oluvchidan kredit shartnomasi boʻyicha majburiyatlarning toʻliq yoki qisman bajarilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishni talab qilish.

Garovga qoʻyuvchining majburiyatlari:

Mazkur shartnomani tegishli davlat mulkini boshqarish organida roʻyxatdan oʻtkazish;

Mazkur shartnomani notarial tartibda guvohlantirish;

9. Garovga qoʻyilgan mol-mulkning asralishini taʼminlash choralarini koʻrish, shu jumladan, oʻz vaqtida joriy va kapital taʼmirlash ishlarini amalga oshirish;

9.1. Garovga qoʻyilgan mol-mulkning mavjudligi, asralishi va saqlanish sharoitlarini, shuningdek shartnoma shartlarining bajarilishini tekshirishga kelgan Garovga oluvchiga (uning vakillariga) toʻsqinlik qilmaslik;

9.2. Garovga oluvchining talabiga koʻra, oʻzining ishlab chiqarish-xoʻjalik faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish;

9.3. Qarzni boshqa shaxslarga oʻtkazmaslik;

9.4. Garov narsasini almashtirmaslik;

9.5. Garovga qoʻyilgan mol-mulkni navbatdagi garovga qoʻymaslik.

Garovga oluvchi quyidagi huquqlarga ega:

Garovga qoʻyilgan mol-mulkning amalda mavjudligi, holati va saqlanish sharoitini hujjatlar boʻyicha tekshirish;

Garovga qoʻyuvchidan garovga qoʻyilgan mol-mulkning saqlanishini taʼminlash choralarini koʻrishni talab qilish;

Garovga qoʻyilgan mulk Garovga oluvchining aybi boʻlmagan holda yoʻqolgan va Garovga qoʻyuvchi Garovga oluvchining roziligiga muvofiq mol-mulkni oʻzga, qiymati va xossalariga koʻra yoʻqotilgan mulkka teng boʻlgan mol-mulkka almashtirishdan bosh tortgan taqdirda, garov bilan taʼminlangan majburiyatning muddatidan oldin bajarilishini talab qilish.

11. Garovga oluvchi Garovga qoʻyuvchining talabiga muvofiq kredit shartnomasi boʻyicha majburiyatlarning toʻliq yoki qisman bajarilganligi toʻgʻrisidagi hujjatlarni taqdim etishi shart.

Maxsus shartlar.

Garovning narsasi boʻlgan mol-mulk begonalashtirilgan, ijaraga berilgan, sotilgan yoki undiruvga qaratilgan taqdirda, taraflar Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchilikka zid kelmaydigan shartlarga va tartibga rioya qilish majburiyatini oladilar.

Garovga qoʻyilgan mol-mulkni kim oshdi savdosida sotishdan olingan mablagʻlarni taqsimlashda Garovga oluvchining garov shartnomasi boʻyicha talablarni qanoatlantirishda birinchi navbatdagi ustunlik huquqi hisobga olinadi.

Mazkur shartnoma boʻyicha garov narsasiga boʻlgan mulkchilik yoki ijaraga oid huquqlarning Garovga oluvchiga ham, uchinchi shaxslarga ham oʻtishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Garovga oluvchining talablari uchinchi shaxslar tomonidan qanoatlantirilishi mumkin emas.

Garovga oluvchi kredit shartnomasi boʻyicha yetishmayotgan pul mablagʻlarini qoplash uchun Garovga oluvchining boshqa mol-mulkiga undiruvni qaratishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Garov shartnomasi taraflar tomonidan imzolangandan keyin, davlat mulkini boshqarish tegishli qoʻmitasining garov bitimlarining hisobga olish roʻyxatiga olingan paytdan boshlab kuchga kiradi.

Garov huquqi quyidagi hollarda bekor boʻladi:

Kredit shartnomasi boʻyicha garov bilan taʼminlangan majburiyat bekor boʻlganida;

Garovga qoʻyilgan mol-mulk nobud boʻlganida.

 

TARAFLARNING REKVIZITLARI:

GAROVGA OLUVCHI:

Yuridik manzili: Garovga oluvchining yuridik manzili

H/R:Garovga oluvchining hisob raqami

Bank kodi Garovga oluvchining bank kodi

STIR:Garovga oluvchining STIR raqami

Garovga oluvchi bilan bogʻlanish uchun telefon raqami

GAROVGA QOʻYUVCHI:

Yuridik manzili: Garovga qoʻyuvchining yuridik manzili

H/R Garovga qoʻyuvchining hisob raqami

Bank kodi Garovga qoʻyuvchining bank kodi

STIR: Garovga qoʻyuvchining STIR raqami

Garovga qoʻyuvchining telefon raqami

 

Muhr oʻrni Muhr oʻrni

 

 

 

Davlat mol mulkini garovga qo‘yish shartnomasi