MASHINA-TRAKTOR PARKLARI TOMONIDAN QISHLOQ XOʻJALIKKORXONALARIGA MEXANIZATSIYA YORDAMIDA ISHLAR BAJARISH(XIZMATLAR KOʻRSATISH) SHARTNOMASI
Shartnoma tuzilgan vaqt Shartnoma raqami – son Shartnoma tuzilgan joy
Ijrochining nomi, tashkiliy-huquqiy shakli (keyingi oʻrinlarda “Ijrochi” deb yuritiladi) nomidan Ijrochiga shartnoma tuzish huquqini beruvchi hujjat asosida ish yurituvchi Ijrochining rahbari lavozimi va F.I.Osibir tomondan va Buyurtmachining nomi, tashkiliy-huquqiy shakli (keyingi oʻrinlarda “Buyurtmachi” deb yuritiladi) nomidan Buyurtmachiga shartnoma tuzish huquqini beruvchi hujjat asosida ish yurituvchi Buyurtmachi tashkilot rahbari lavozimi va F.I.Osiikkinchi tomondan, mazkur shartnomani quyidagilar toʻgʻrisida tuzdilar:
SHARTNOMA PREDMETI
Buyurtmachi topshiriq beradi, Ijrochi esa, quyidagi xizmatlarni koʻrsatish (ishlarni bajarish) majburiyatini oladi:
Bajariladigan ishlar, koʻrsatiladigan xizmat nomi
Xizmat koʻrsatiladigan maydonning oʻlchov birligi
Texnika turi (rusumi)
Xizmatlarni bajarish muddati
Xizmatlar bahosi (sumda)
Koʻrsatiladigan xizmat (bajariladigan ishlar)ga nisbatan qoʻyiladigan iqtisodiy, texnik, tashkiliy va boshqa talablar:
Shartnomaning amal qilish muddati:
Boshlanishi: Shartnomaning amal qilish muddati boshlanishi
Tugashi: Shartnomaning amal qilish muddati tugaydigan sana
IJROCHINING MAJBURIYATLARI
2.1. Buyurtmachining topshirigʻiga muvofiq mazkur shartnomada nazarda tutilgan barcha ishlarni agrotexnika muddatlarida bajarish;
2.2.Berilgan buyurtma hajmiga muvofiq agrotexnik muddatlarda yetarli miqdorda va soz holatdagi texnika vositalari ajratish va ushbu shartnomada belgilangan muddatda ishlarning agrotexnika talablariga muvofiq sifatli bajarilishini taʼminlash;
2.3.Xizmat kursatish uchun ajratilgan texnika vositalarining mavsumda betoʻxtov ishlashini taʼminlash;
2.4.Buyurtmachining qishloq xoʻjalik texnikasi, mashina va mexanizmlari taʼmirdan chiqqanligi toʻgʻrisida uni 3 kunlik muddatda xabardor qilish.
BUYURTMACHINING MAJBURIYATLARI
Mavsumiy qishloq xoʻjalik tadbirlari boshlanishidan 10 kun oldin bajarilishi lozim boʻlgan agrotexnik tadbirlar boʻyicha Ijrochiga yozma buyurtma berish va ushbu shartnomada nazarda tutilgan miqdorda ishlarni bajarish uchun tayyor ekin maydonlari ajratib berish;
Ijrochi tomonidan ajratilgan texnika vositalarining betoʻxtov ishlashini taʼminlaydigan darajada va miqdorda ish koʻlami yaratish;
Taʼmirlanishi va texnik xizmat koʻrsatilishi lozim boʻlgan qishloq xoʻjalik texnikalari, mashina va mexanizmlarni butlangan holda oʻzining transporti bilan Ijrochiga yetkazib berish va taʼmirlash ishlari bajarilgach, bu haqda Ijrochining xabarnomasini olgan paytdan boshlab 3 kun ichida qabul qilib olish;
Mavsum davomida yonilgʻi-moylash materiallari taʼminotida uzilishlar boʻlib qolgan taqdirda, ajratilgan texnika vositalarini oʻz hisobidan yonilgʻi-moylash materiallari bilan taʼminlash va bu xarajatlarni Ijrochi hisobiga kiritish (bajarilgan ishlar qiymatidan chegirib tashlash).
XIZMATLAR QIYMATI VA HISOB-KITOB QILISH TARTIBI
Bajarilgan ishlar (xizmatlar) uchun Buyurtmachi mazkur shartnomaga ilova qilinib, uning ajralmas qismi boʻlib hisoblanadigan shartnomaviy baho toʻgʻrisidagi bayonnomaga muvofiq mavsumiy ishlar boshlanishidan 10 kun oldin shartnomaning 1.1-bandida nazarda tutilgan ish hajmlarini hisobga olgan holda oldindan toʻlov tartibida mazkur summani toʻlaydi.
Yakuniy hisob-kitoblar har bir ish turi boʻyicha mavsum tugagandan soʻng taraflar tomonidan imzolanadigan bajarilgan ishlar va koʻrsatilgan xizmatlar dalolatnomasi asosida, ushbu dalolatnoma imzolangandan soʻng bir oydan kechiktirmasdan amalga oshiriladi.
Taraflar oʻrtasida hisob-kitoblar toʻlov topshiriqnomasi bilan pul oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Taraflar kelishgan shartnomaviy baholar ehtiyot qismlar, yonilgʻi-moylash materiallari narxining oshishi va boshqa omillar taʼsirida oʻzgarishi mumkin. Bu holda taraflar yangi tahrirdagi shartnomaviy baho toʻgʻrisidagi bayonnomani imzolaydilar. Yangi baholar toʻgʻrisidagi bayonnoma shartnomaning tarkibiy qismi hisoblanadi va unga ilova qilinadi.
ISHLAR (XIZMATLAR)NI TOPSHIRISH-QABUL QILISH TARTIBI
Ijrochi ushbu shartnomaning 1.1-bandida nazarda tutilgan xizmatlarni (ishlarni) shaxsan oʻzi agrotexnika talablari va shartnoma shartlariga mos holda bajarishi shart.
5.2.Ishlar bajarilgandan soʻng Ijrochi Buyurtmachiga bajarilgan ishlar (xizmatlar)ni topshirish-qabul qilish dalolatnomasini taqdim etadi va unga hisobot hujjatlarini ilova qiladi.
5.3.Ishlar (xizmatlar) natijalaridan qoniqmagan taqdirda, Buyurtmachi ushbu dalolatnomani olgan paytdan boshlab 3 kun ichida Ijrochiga ishlarni qabul qilishdan bosh tortish toʻgʻrisida asoslantirilgan va yozma ravishda tuzilgan radnoma yuborishi shart.
5.4.Buyurtmachining radnomasi asosli deb topilgan taqdirda, taraflar ikki tomonlama dalolatnoma tuzadilar va unda qoʻshimcha bajarilishi lozim boʻlgan ishlar (xizmatlar) roʻyxati va ularni bajarish muddatlarini koʻrsatadilar. Sifati lozim darajada emas deb topilgan ishlar (xizmatlar) Ijrochi hisobidan bartaraf etiladi yoki bu kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan Buyurtmachi qilgan xarajatlar Ijrochi tomonidan qoplanadi.
5.5.Ishlarni bajarish (xizmatlarni koʻrsatish) jarayonida ularni davom ettirish imkoniyati yoʻqligi yoki maqsadga muvofiq emasligi aniqlangan taqdirda, Buyurtmachi bu haqda Ijrochini xabardor qilishi va u bilan birga zaruriy choralarni koʻrishi shart.
TARAFLARNING JAVOBGARLIGI. NIZOLARNI HAL QILISH TARTIBI
Ijrochi ushbu shartnoma shartlarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda, u keltirgan zararni Buyurtmachiga toʻliq toʻlashi shart, lekin bu toʻlov ushbu shartnomada nazarda tutilgan xizmatlar bahosining ikki baravaridan ortiq boʻlishi mumkin emas.
Shartnomaviy majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun taraflarning javobgarligi amaldagi qonunchilikka muvofiq belgilanadi.
Neustoyka va zararni toʻlash taraflarni shartnomaviy majburiyatlarni bajarishdan ozod qilmaydi.
Ushbu shartnoma yuzasidan yoki u bilan bogʻliq holda taraflar oʻrtasida kelib chiqadigan nizolar mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirgan holda hal etiladi.
Mediatsiya tartib-taomilini qoʻllash yoʻli bilan nizoni hal etish imkoniyati boʻlmagan taqdirda, mazkur shartnomaning tuzilishi, shartlarining oʻzgarishi, buzilishi, ijro etilishi, bekor boʻlishi, tugatilishi va haqiqiyligi yuzasidan kelib chiquvchi barcha nizolar “Demokratiya va inson ququqlari instituti” respublika jamoat birlashmasi huzuridagi doimiy faoliyat koʻrsatuvchi Hakamlik sudida uning Reglamentiga asosan hakamlik sudyasi tomonidan yakka tartibda koʻrib chiqiladi. Hakamlik sudining hal qiluv qarori taraflar uchun qatʼiy va majburiy hisoblanadi.
SHARTNOMANI OʻZGARTIRISH YOKI BEKOR QILISH TARTIBI
Ushbu shartnomaga har qanday oʻzgartirish va qoʻshimchalar ular yozma ravishda rasmiylashtirilgan va taraflarning vakolatli shaxslari tomonidan imzolangan taqdirda, haqiqiy hisoblanadi.
Shartnomani muddatidan oldin bekor qilishga taraflarning kelishuviga muvofiq yoki Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida nazarda tutilgan asoslarga koʻra, yetkazilgan zarar qoplangan holda yoʻl qoʻyiladi.
Buyurtmachi xizmatlarning belgilangan bahosini toʻliq toʻlash sharti bilan ushbu shartnomani bekor qilishni talab qilishga haqli, shartnoma Ijrochining aybli harakatlari tufayli bekor qilingan hollar bundan mustasno.
Ijrochi ushbu shartnoma bekor qilinishi tufayli Buyurtmachiga yetkazilgan zararning hammasini toʻlash sharti bilan ushbu shartnomani bekor qilishni talab qilishga haqli, shartnoma Buyurtmachining aybi bilan bekor qilingan hollar bundan mustasno.
TARAFLARNING REKVIZITLARI:
IJROCHI: Yuridik manzili: Ijrochining yuridik manzili H/R:Ijrochining hisob raqami Bank kodi Ijrochining bank kodi STIR: Ijrochining STIR raqami Ijrochi bilan bogʻlanish uchun telefon raqami |
BUYURTMACHI: Yuridik manzili: Buyurtmachining yuridik manzili H/R Buyurtmachining hisob raqami Bank kodi Buyurtmachining bank kodi STIR: Buyurtmachining STIR raqami Buyurtmachining telefon raqami |
Muhr oʻrni Muhr oʻrni